Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2017-2020 yilda sog‘liqni saqlash tizimiga byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hajmi 2 barobarga oshgan
19:19 / 2021-08-17

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko‘ra, Harakatlar strategiyasi doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish uchun 2017-2020 yillar oralig‘ida sog‘liqni saqlash tizimiga byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hajmi 7,1 trln.so‘mdan 14,8 trln.so‘mga, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun ajratilgan xarajatlar esa 0,4 trln.so‘mdan, 1,4 trln.so‘mga oshirilgan.

Natijada, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati va samaradorligi oshirilib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish hamda kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyati kengaygan. Aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar yaxshilangan.

O‘zA