2016-2025 yillar davomida respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlari izchil o‘sishni ko‘rsatdi. Energetika sohasida olib borilgan islohotlar, yangi quvvatlarni ishga tushirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish natijasida mamlakat iqtisodiyoti va aholi uchun elektr energiyasi barqaror yetkazib berildi.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda respublikada 59,0 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. 2017 yilda ushbu ko‘rsatkich 60,7 milliard kilovatt-soatga, 2018 yilda 62,8 milliard kilovatt-soatga yetgan. 2019 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 63,6 milliard kilovatt-soat, 2020 yilda 66,4 milliard kilovatt-soatga, 2021 yilda esa 71,3 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan.
2022 yilda ishlab chiqarish hajmi 74,3 milliard kilovatt-soat, 2023 yilda 78,0 milliard kilovatt-soat, 2024 yilda 81,5 milliard kilovatt-soatga yetgan. 2025 yilda esa respublikada 86,7 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Ta’kidlash joizki, 2025 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 27,7 milliard kilovatt-soatga yoki 46 foizga ko‘pni tashkil etgan. Bu esa respublika energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar va modernizatsiya ishlarining samarali natija berganini ko‘rsatmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA