Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«2016-2021 yillar tarixga O‘zbekiston ilm-fani va ta’lim tizimining tiklanish davri sifatida kiradi»
13:40 / 2021-07-16

O‘zbekiston do‘stlari

bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilm-fanni yanada rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni mustahkamlash, umuman, barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilmoqda.

Buni quyidagi xalqaro ekspert va mutaxassislarning fikr-mulohazalari ham tasdiqlaydi. 

 

 

https://samdu.uz/images/kafedra/2021-01-15-11-22-12-iRwBtLsSKL.jpg

Ravinder Gargesh,

Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi mudiri, professor, Osiyo mamlakatlari ingliz tili o‘qituvchilari xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti:

— Nazarimda, Markaziy Osiyoda ta’lim-tarbiyaga, yoshlar taqdiriga Prezident Shavkat Mirziyoyev darajasida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan, katta mablag‘lar yo‘naltirayotgan davlat rahbari yo‘q.

Ta’lim tarixini o‘rgangan mutaxassislarning ta’kidlashicha, biror-bir mamlakatda davlat rahbari tomonidan e’tibor qaratilmasa, ilm-fan, ta’lim rivojlanmagan. Buni juda ko‘p yurtlar misolida ko‘ramiz. Ilm-fan, ta’lim va boshqa sohalar ham davlat rahbarining intilishi va xohish-istagi bilan taraqqiy etadi. Bu haqiqat bugungi O‘zbekiston misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda keyingi 5 yilda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, anjumanlar ham buni tasdiqlaydi. Bugun dunyo miqyosida tashkil etilayotgan muhim tadbirlarni O‘zbekiston olimlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Butun dunyo bo‘ylab eng nufuzli oliy ta’lim dargohlarida o‘zbekistonlik yoshlarning borligi, ilmiy tadqiqot olib borayotganligi fikrimiz dalilidir. Jahon ilm-fan markazlarida ham o‘zbekistonlik olimlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bir paytlar yopiqlik siyosati ustuvor bo‘lgan O‘zbekistonda bugun butunlay boshqacha manzara hukm surmoqda. Chunki yopiq mamlakatda ilm-fan va ta’lim hech qachon rivojlanmaydi.

O‘zbekistonda keyingi yillarda ko‘plab chet el oliy ta’lim muassasalari filiallari ochildi. O‘zbekiston yoshlari chet tillar, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga qattiq harakat qilmoqda. Bu imkoniyatlar o‘zining dastlabki natijalarini berayotir. O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham butun Markaziy Osiyoga kadrlar yetishtirib berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Afsuski, o‘tgan chorak asr davomida bu mavqeini yo‘qotayozgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davrida aynan O‘zbekiston ilm-fan va ta’lim borasida o‘z mavqei va yuksakligini tikladi.

Ishonamanki, 2016-2021 yillar tarixga O‘zbekiston ilm-fani va ta’lim tizimining tiklanish davri sifatida kiradi.

 

 

Frédérique Brunet

Frederik Brune,

Fransiya Milliy tadqiqotlar markazi arxeologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, O‘rta Osiyo bo‘yicha ekspeditsiya rahbari:

— bugungi O‘zbekiston zaminida insoniyat tafakkuri, tamadduniga tamal toshi qo‘ygan ilm-fan markazlari bo‘lgan. Ma’mun, Ulug‘bek akademiyalari o‘tmishda ham, bugun ham tan olinadi, e’tirof etiladi.

Istanbul universitetiga Ulug‘bek akademiyasining eng mashhur olimi Ali Qushchi tomonidan asos solingani ham fikrimiz dalilidir. Lekin o‘tmish buyukligi o‘z o‘rnida sobit turaveradi. bugungi kunlar bizning oldimizga savollarini, mas’uliyatini, burchimizni qo‘yadi, eslatadi. Xuddi Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya ta’limga, ilm-fanga e’tibori tufayli dunyoni zabt etgani kabi O‘zbekiston ham ta’limga, yoshlarga, olimlarga ko‘rsatayotgan oliy darajadagi munosabati ortidan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda o‘z mavqeini yuksaltirish arafasida.

Mening O‘zbekiston yoshlariga havasim keladi. Chunki mamlakat rahbari har yili bir necha marta, aynan yoshlar vakillari bilan uchrashib, ularning intilishlari, orzu-istaklari bilan qiziqadi. Muammolarini so‘raydi va mutasaddilarga birinchi navbatda yoshlarga e’tibor qaratish kerakligini uqtiradi. Ixtirochi yoki ijodkor yoshlar bo‘ladimi — hamma-hammasi davlat va Prezidentning diqqat markazida.

O‘zbekistonda bugun o‘tmishdan faxrlanish, shuningdek, zamon bilan hamnafas bo‘lishga intilish kuchli. Bu, ayniqsa, ota-onalarda umid uyg‘otmoqda. Chunki o‘zbek oilalarida farzandlar baxt-saodati juda muhim hisoblanadi. Har bir xonadonda ikki, uch, besh nafargacha o‘g‘il-qizlar tarbiyalanadi. Farzandining o‘qishini istaydiganlar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Buni hisobga olgan holda Prezident Mirziyoyevning yildan-yilga oliy ta’limga qabul kvotalarini oshirayotgani tahsinga sazovor.

 

 

2

Iftixor Malik,

Buyuk Britaniyaning Oksford va Bas Spa universitetlari professori, O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha mutaxassis:

– Xalqaro hamjamiyat tomonidan aholining ijtimoiy muhofazasi haqida ko‘p gapiriladi, tadbirlar, yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Lekin natijaga kelganda ko‘rsatkichlar pastligicha qolayotganligi ma’lum bo‘ladi. 

Men xalqaro hamjamiyatga bu borada O‘zbekistonni o‘rnak qilib ko‘rsatmoqchiman. Ijtimoiy muhofazaning o‘zbek modelini o‘rganish, tadqiq etish kerak, deb hisoblayman. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining ijtimoiy muhofazasi yuzasidan juda ko‘p qaror va farmonlarni imzoladi. Prezidentdan tortib to hokimgacha, senatordan to deputatgacha bo‘lgan  amaldorlardan aholining xonadonlariga kirib borish, haqiqiy ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish ezgu tamoyilga aylandi. Ehtiyojmandlarga ish kerakmi, kreditmi, tibbiy yordam yoki moddiy ko‘mak zarurmi – barchasi o‘rganilib, tahlil etildi. Qisqa vaqt ichida ularga shart-sharoilar yaratildi. 

Aslida bunday natijaga erishishni dunyoning juda ko‘p mamlakatlari aholisi orzu qiladi. Prezident Mirziyoyev odamlarning mana shu orzularini hayot haqiqatiga aylantira oldi. 

 Qarangki, bir paytlar odamlar rahbarlarni ortidan izlab yurgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib eng katta davlat amaldori ham eng quyi bo‘g‘inga tushib, aholining qalbiga quloq tutmoqda. 

 Ishtaha ovqatning ustida keladi, degan gap bor. Odamlarning talab-istaklari ham tobora oshib bormoqda. Jumladan, uy-joyga ham. Lekin dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham aholining shaxsiy uy-joyi kamligiga va ularning ko‘pchiligi ijarada yashashini hisobga olsak, bugun O‘zbekiston juda katta muammoni bartaraf etayotganini ko‘ramiz. 

 

Foto del docente

Moren Tozelli, Bolonya universiteti professori (Italiya):

— Markaziy Osiyo mamlakatlari keyingi chorak asr davomida bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida yashaganligi tarixga aylandi. Prezident Mirziyoyev boshqaruvga kelishi bilan eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari do‘stligi, yaqinligi, qardoshligi masalalariga e’tibor qaratdi va chegaralarni ochdi. Yillar davomida  ko‘rishmagan, bordi-keldi qilmagan, aslida tili, dini, urf-odati bir bo‘lgan xalqlar bir-biriga quchoq ochdi. O‘zaro aloqalar, iqtisodiy hamkorliklar tiklandi. Markaziy Osiyo ittifoqi yuzasidan dastlabki uchrashuvlar, kelishuvlar, intilishlar boshlandi. Qaysi sohani olib qaramang, munosabatlar barqaror. Taraqqiyot boshlandi, o‘zaro ziddiyatlar, keskinliklar barham topdi.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yuz bergan tahlikali vaziyatni izga solishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim o‘rin tutdi. Kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan urushning oldi olindi. Bu qaysidir ma’noda mintaqada O‘zbekistonning mavqei yanada oshishiga sabab bo‘ldi.

Xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyo birligi yo‘lida O‘zbekiston pozitsiyasini qattiq qo‘llab-quvvatlamoqda va butun dunyoga namuna sifatida ko‘rsatayapti. O‘zbekiston tinchlik jarchisi sifatida nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda ham o‘z nufuzini yaratmoqda. Bu haqiqat xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilib, tan olinmoqda.

Markaziy Osiyodagi chegara, suv va boshqa bir qator muammolar O‘zbekiston tashabbusi bilan siyosiy diplomatik yo‘l orqali hal etilayotganligidan ko‘pchilik hayratlanmoqda. Bu Prezident Mirziyoyevning sharqona donishmandlik va o‘zbek davlatchiligining diplomatiyasini o‘zida mujassamlashtirganini ko‘rsatadi.

 

 

Samarqand davlat universiteti 

 Axborot xizmati rahbari 

Farrux HAMROEV  tayyorladi.