200 nafar fuqaroning ijara hamda mulk huquqi tan olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi kun tartibida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Mazkur sessiyada o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilayotgan 200 fuqaroning ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarori bilan tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida 491 nafar fuqaroning turar joyga egalik huquqlari qonuniy tarzda tan olindi.
Barcha hududlarda huquqlarni tan olish ishlari belgilangan reja-jadval asosida davom ettirilib, bu holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri