200 million so‘m qarzdorlik to‘landi
Majburiy ijro byurosi Kasbi tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.Qurbonovdan 179.787.972 so‘m kredit qarzdorligi, 8.715.878 so‘m davlat boji, 8.991.048 so‘m ijro yig‘imi, 944.209 so‘m soliq qarzdorligi hamda 1.008.000 so‘mlik ma’muriy jarima, jami 199 mln. 447 ming so‘m undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud edi.
Mazkur qarzdorliklar yuzasidan A.Qurbonov bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, to‘lovlarni amalga oshirmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan unga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi xatlangandi.
Ijro harakatlari natijasida mazkur avtotransport vositasi onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Qarzdor A.Qurbonov shundan so‘ng o‘zida mavjud barcha qarzdorliklarni bartaraf etdi. Unga nisbatan yuritilgan 8 ta ijro hujjatlari esa tamomlandi.
O‘zA