Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
200 dollar pora taklif qilgan shaxs qamaldi
14:31 / 2023-02-22

Oramizda shunday odamlar borki, o‘zgalarni aldashni, chuv tushirishni o‘ziga odat qilib olgan. Albatta, buning tagida moddiy manfaat turadi. Afsuski, firibgarlarning tuzog‘iga tushganlar juda ko‘p. Marg‘ilon shahrilik Jasur Qosimov biror ishning etagini tutish o‘rniga osongina pul topish yo‘lini tanladi. Muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etib, sudlangan bo‘lsada, xulosa chiqarmadi.

Yana qing‘ir ishga qo‘l urdi. Jasur “Gold akademy consulting” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlariga aralashib yurardi. Mazkur jamiyatning noqonuniy faoliyati bo‘yicha ichki ishlar organiga ariza tushib, surishtiruv ishlari olib borilgan. U Farg‘ona viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasining odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili mayor G.Qo‘ziyevaning ish yurituvidagi “Gold akademy consulting” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan noqonuniy migratsiya faoliyati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga pora tariqasida 200 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini taklif qiladi. Uning xizmat xonasida mazkur pulni bergan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan J.Qosimovga 2 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasida uning shikoyati ko‘rib chiqilib, sudning chiqargan hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

 

Farruh Abduraimov,

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi