Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
20 yil davomida bronetransportyor hech qanday hujjatlarsiz yashirib kelingan
16:28 / 2021-12-10

Qozog‘istonning Aktyube viloyatida yashovchi shaxs 20 yil davomida zirhli harbiy texnikani hech qanday hujjatlarsiz yashirin tarzda saqlab kelgani aniqlandi. U noqonuniy ravishda zirhli texnikani sotishga uringan, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi viloyat politsiyasi departamenti matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib.

Harbiy texnika politsiyachilar tomonidan Aktyube shahrining yaqinida Rossovxoz qishlog‘i karerasi hududidan topilgan. Zirhli texnikaning aniqlovchi belgilari  va hujjatlari bo‘lmagan. «Tekshiruv jarayonida kimdir «BTR-60» bronetransportyorini sotishga urinayotgani haqida xabar kelib tushdi. Hech qanday aniqlovchi belgisi, jangovar qurollari va hujjatlari bo‘lmagan ushbu zirhli harbiy texnika  Aktyube shahri yaqinida Rossovxoz  qishlog‘idagi karera hududida topildi. Uni saqlab kelgan erkak texnikani  taxminan 2000- yillarda noma’lum shaxsdan sotib olganini, kerak bo‘lmagani uchun sotishga qaror qilganini aytdi», — deyiladi viloyat politsiya departamenti matbuot kotibi Erbo‘lat Sarkulov.