20 ta texnikumda O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi
2026-yilgi Davlat dasturiga ko‘ra, Xitoy tajribasi asosida texnikumlarda O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, joriy yil 1-martga qadar O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati shakllantirildi.
Belgilangan texnikumlarda Xitoy tomoni bilan ustaxonalarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekistondagi 20 ta texnikumda O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi. Bu kasbiy ta’limni rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatish va ularning daromadini oshirishga xizmat qiladi.
M.Komilova, O‘zA