Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
20 million pora olgan soxta “bank xodimi” qo‘lga tushdi
10:47 / 2022-03-24

Bankdan kredit olib berish evaziga pora talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro X.M.ga o‘zini – tijorat bank xodimi deb tanishtirgan shaxs yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 700 million so‘m miqdordagi ipoteka kreditini hech qanday ortiqcha muammolarsiz rasmiylashtirib bera olishini aytadi. Evaziga esa 32 million so‘m “xizmat haqi” talab qiladi.  

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, M.ismli shaxs ariza muallifidan kelishilgan pulning 20 million so‘mini olayotgan vaqtda xolislar ishtirokida ushlangan. 

Tadbir davomida bu shaxs 1996 yilda tug‘ilgan, Chirchiq shahrida avto korxonada haydovchisi bo‘lib ishlovchi M.S. ekanligi (bank xodimi emas) va 2018 yil firibgarlik jinoyati bilan sudlangani aniqlangan. 

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro M.S.ga nisbatan Jinyaot kodeksining  tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

O‘zA