Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
20 million afg‘on yordamga muhtoj – BMT
17:36 / 2021-10-13

Afg‘onistonda gumanitar inqiroz kuchayib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar bo‘yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi xabar berishicha, 20 million afg‘on yordamga muhtoj bo‘lib turibdi.

Manbaning yozishicha, bir oy oldin Afg‘onistondagi gumanitar operatsiyalar uchun 606 million AQSH dollari kerak bo‘lishi taxmin qilingan edi. Ammo BMT bu miqdorning atigi 35 foizini yig‘di. Shu bois, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G20 rahbarlarini Afg‘onistondagi favqulodda yig‘ilish haqida ogohlantirgan.  

BMT Qochoqlar bo‘yicha Oliy Komissarligi vakili Babar Baloxning aytishicha, boshqarma Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda logistika markazlarini tashkil etish va Kobuldan ko‘chirilgan yuzlab afg‘onlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun harakat qilmoqda.  

Balox, shuningdek, yordamga muhtoj bo‘lgan afg‘onistonliklar soni 20 millionga yetgani va bu ko‘rsatkich borgan sari ortayotganini qo‘shimcha qilgan.

BMT axborot saytining ma’lum qilishicha, bugungi kunda afg‘on oilalarining atigi besh foizi to‘g‘ri ovqatlanmoqda. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmidan ko‘pi ochlikdan aziyat chekmoqda.