Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
20 dan ortiq mamlakat yetakchi olimlari ishtirokida Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman tashkil etildi
15:21 / 2021-05-25

Bugun Toshkent shahrida Toshkent kimyo texnologiyalari instituti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy -texnikaviy anjumanning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

«Kimyo, neft-gazni qayta ishlash hamda oziq-ovqat sanoatlari innovatsion texnologiyalarining dolzarb muammolari» mavzusiga bag‘ishlangan mazkur anjumanda AQSH, Rossiya, Ispaniya, Xitoy, Belarus, Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 20 dan ortiq mamlakat yetakchi olim va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini o‘zida aks ettirgan ko‘rgazma ham tashkil etilib, unda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari va kimyo texnologiyalari institutining ilmiy-texnikaviy qo‘llanma va anjomlari namoyish etildi.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan mazkur anjuman chet ellardagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda 300 dan ortiq dolzarb ma’ruzalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Anjumanning ikkinchi qismi ertaga – 26 may kuni Toshkent kimyo texnologiyalari institutida bo‘lib o‘tadi.

 

Maftuna KARIMOVA