English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 yillik asosiy ishonchnoma asosida 3 yillik ijara shartnomasi tuzsa bo‘ladimi?
15:07 / 2021-06-25

– Savol: 2 yilga asosiy ishonchnoma (Generalnaya doverennost) bo‘yicha olingan avtomobilni ijara shartnoma asosida boshqa birovga 3 yilga bersa bo‘ladimi?

– Javob: Yo‘q, bo‘lmaydi.  

 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 140-modda 3-qismiga binoan boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin emas. Ya’ni, ushbu vaziyatda siz ishonchnomadan o‘zingizga berilgan muddatdan ortiq vaqtga foydalanish uchun boshqa shaxsga bera olmaysiz.  

 Ma’lumot uchun, ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni ma’lum qilishi hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, o‘z vakolatlarini boshqaga bergan shaxs undan vakolat olgan shaxsning harakatlari uchun xuddi o‘zining harakatlari kabi javobgar bo‘ladi (Fuqarolik kodeksi 140-modda).  

 Ushbu material TDYUning "Yuridik klinika"si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA