Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 uchrashuvda ham “Toshkent” klubi xokkeychilari g‘alaba qozondi
19:03 / 2021-02-03

Poytaxtimizda joylashgan Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida joylashgan “Ice Evenue” muz saroyida “Toshkent” hamda “Snejnыy bars” bolalar xokkey klublari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

9-10, 11-12 yoshlilar ishtirokida o‘tgan 2 uchrashuvda ham “Toshkent” klubi xokkeychilari 5:3, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Humo”, “Binokor”, “Semurg‘”, “Toshkent”, “Snejnыy bars” bolalar xokkey klublari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazish an’ana tusini olmoqda. Bu esa bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini olib borish, sportni ommaviylashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA