Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 ming 187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi
10:25 / 2024-05-14

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-aprel oylarida 2 ming 187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi.

Shundan 16,2 trillion so‘mi davlat ulushi mavjud top-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi.  

Ushbu o‘nlikda soliq to‘lovlari bo‘yicha Navoiy kon metallurgiya kombinati yetakchilik qilmoqda – 7,7 trillion so‘mdan ziyod. 2,5 trillion so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.  

Mazkur reytingda “Uz BAT” – 843 milliard so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Avvalroq qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 ming 90 ta yuridik shaxs tomonidan 2024 yil yanvar-mart oylarida 2,1 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘lagani haqida xabar berilgan edi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA