English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 fevral kuni 226 million 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
12:25 / 2023-02-03

Energetika vazirligi matbuot xizmati kecha, 2 fevral kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

—elektr stansiyalari orqali 226 million 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;  

—Respublika iste’molchilariga 221 million 600 ming kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib berildi;  

—gaz ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga 144 million 600 ming metr kub tabiiy gaz va 2000 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi;  

—hududlarda 2 ming 500 tonna suyultirilgan gaz hamda 23 ming 500 dona gaz ballonlari zaxirasi yaratildi;  

—byudjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 1 ming 400 tonna ko‘mir hududlardagi omborlarga ortib yuborildi;  

—gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi ko‘tarilishi natijasida 1 kunda 102 ta mahalladagi 33 ming 243 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.  

Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1 000 dan ortiq maxsus brigada joylarda muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etmoqda.  

 

O‘zA