2 avgust sanasi bilan bog‘liq muhim voqealar
1997 yil 2 avgustda Jizzaxdan Jomboygacha uzunligi yuz kilometr bo‘lgan temir yo‘lning elektrlashtirilgan qismi foydalanishga topshirildi va birinchi poyezd Jomboyga yetib keldi.
2017 yil 2 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2017 yil 2 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.
O‘zA