FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 2-Andijon okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida saylov komissiyalari a’zolari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlarining natijadorligi xususida so‘z bordi.
[gallery-12439]
Okrug saylov komissiyasi raisi K. Komilovning aytishicha, 83 nafar hududiy trener tomonidan 2-10 iyun kunlari shahar va tumanlarda rais, o‘rinbosar, kotiblar uchun o‘quv jarayonlari tashkil etildi. Shuningdek, ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlarini oshirish maqsadida saylov uchastkalarining 1 ming 856 nafar operatori uchun ham o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Ma’lumki, siyosiy jarayonni axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Mavjud 928 ta uchastkaning barchasiga optik tolali aloqa liniyalari orqali internet hamda telefoniya xizmatlari tashkil etilgani tadbirda qayd etildi.
Yig‘ilishda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ravan Gurbanov hamda Astrid Nunes ishtirok etdi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA