Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram dasturxoni to‘kin bo‘ladi
14:11 / 2014-12-26

Yangi yil bayrami arafasida bozorlar va savdo majmualari har qachongidan ham gavjum bo‘ladi. Bayram dasturxoni uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la bozorlarda xaridorlarning tanlash imkoniyati yanada kengayadi.

5c.JPG
Yangi yil bayrami arafasida bozorlar va savdo majmualari har qachongidan ham gavjum bo‘ladi. Bayram dasturxoni uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la bozorlarda xaridorlarning tanlash imkoniyati yanada kengayadi.

“Nukus dehqon bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan bayramoldi savdo yarmarkasida turli oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda. Jamiyat qoshida tashkil etilgan tayyorlash-sotish korxonasi tomonidan yarmarka rastalari tabiiy, sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirilayotir.

– Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasida Ellikqal’a, Amudaryo, Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlari fermer xo‘jaliklari yetishtirgan mahsulotlar sotilmoqda, – deydi jamiyat mas’ul xodimi Salamat Karmatdinov. – Bu yil taklif etilayotgan mahsulotlar turi o‘tgan yillardagiga nisbatan ko‘pligi xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

– Yarmarkada sotilayotgan mahsulotlar xuddi yangi uzilgandek, ko‘zni quvontiradi, – deydi xaridor Shinargul Najmatdinova. – Narxi ham bizga juda ma’qul. Masalan, kartoshka, piyoz, sabzi, olma, uzum bozordagiga qaraganda ikki barobar arzon. Go‘sht va sut mahsulotlarining ham bozori chaqqon bo‘layotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, Yangi yil bayrami savdo yarmarkalari Nukus shahri va barcha tuman markazlarida tashkil etildi.

Savdo yarmarkalari 10-yanvarga qadar davom etadi.