Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
196 davlatda qidiruvga berilgan jinoyatchi Kolumbiyada ushlandi
11:15 / 2025-08-11

Kolumbiyaning Kali shahrida ashaddiy jinoyatchi qo‘lga olindi, deya ma’lum qildi mahalliy xavfsizlik boshqarmasi.

— Interpol idorasi va Kali hamkorligi natija berishda davom etyapti, — deyiladi xabarda. — Kolumbiya politsiyasi va xalqaro agentlik birga o‘tkazgan opreatsiya davomida 196 davlatda qidiruvga berilgan, Italiyadagi “Ndrangeta” mafiyasi guruhi yetakchisi, deya taxmin qilinayotgan “Fedi” laqabli shaxs qo‘lga olindi.

Mahalliy matbuot yozishicha, amaliyot Buyuk Britaniya rasmiylari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Federiko Startone xalqaro kokain savdosi va Janubiy Amerikadagi jinoiy tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgani uchun qidiruvga berilgan edi.

Hibsga olingan shaxs Kolumbiya, Ekvador va Braziliyada Italiya mafiyasining tezkor harakatini yo‘lga qo‘yish, ko‘rfaz klani, Los Choneros (Ekvador) va Birinchi Metropoliten qo‘mondonligi (PCC, Braziliya) bilan Yevropada kokain ishlab chiqarish, tashish va tarqatishni muvofiqlashtirish uchun javobgar edi.

OAV Fedi 11 iyul kuni Bogotada qo‘lga olingan “Ndrangeta”ning asosiy rahbari — "Peppe" laqabli Juzeppe Palermoning ishonchli agenti sifatida harakat qilganiga ham e’tibor qaratgan.

S.Rahimov, O‘zA