Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar Qadimiy yozma manbalar reyestriga kiritiladi
14:33 / 2022-09-07

Joriy yil 6 sentyabrda Hukumat qarori bilan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 Davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanib, elektron va bosma ko‘rinishda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan yuritiladi.  

Davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi. 

Muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari o‘zlaridagi yozma manbalarga oid ma’lumotlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.  

Yozma manba ro‘yxatdan o‘tkazilganda guvohnoma beriladi.  

Yozma manbalar o‘g‘irlanganda, yo‘qotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar berilishi kerak.  
 
 

O‘zA