194 million so‘m mablag‘ elektr ta’minoti korxonasiga undiriladi
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Toshkent tumani “Ko‘ksaroy” MFYda faoliyat yuritib kelayotgan “YAG‘MUR PARRANDA SERVIS” fermer xo‘jaligiga qarashli parranda yetishtirish korxonasi haqiqiy iste’mol qilgan elektr energiyasi sarfini yashirib, oylik hisobotlarni kamaytirib ko‘rsatilgan holda topshirib kelgani aniqlandi.
Tadbirkor tomonidan hisobotlarda ko‘rsatilmagan elektr energiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 194 million so‘m mablag‘ elektr ta’minoti korxonasiga undirishga qaratildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 2 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
O‘zA