Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, barcha yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada respublikamizdagi maktablarda tashkil etilayotgan vatanparvarlik sinflarining o‘rni muhim sanaladi.
Milliy gvardiya hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlari doirasida bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘ylab 190 ta maktabda 224 ta “Yosh gvardiyachilar” sinflari tashkil etildi. Yangi o‘quv yilidan boshlab mazkur sinflarda 6029 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.
“Yosh gvardiyachilar” sinflarida bolalarning kichik yoshidan Vatanga cheksiz sadoqat, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk inson bo‘lib tarbiyalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Ular harbiy libosda darslarda ishtirok etib, harbiycha saf elementlarini bajaradi va mazkur soha bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirib boradi.
Shuningdek, o‘quvchilar qo‘l jangi, kamondan otish, futbol va boshqa sport to‘garaklarida faol qatnashadi.
Shu sababli ham “Yosh gvardiyachilar” sinflari o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari, intellektual viktorinalar va ko‘rik-tanlovlar tez-tez o‘tkaziladi.
Yana shuni ta’kidlashimiz kerakki, “Yosh gvardiyachilar” sinflari o‘quvchilari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy oliy ta’lim muassasalariga shu yerning o‘zidayoq tayyorlanib boradi.
Mazkur sinflarni tamomlagan o‘quvchilar tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarga ega bo‘ladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QQeBhAi_a7g" title="190 ta maktabda “Yosh gvardiyachilar” sinflari tashkil etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O‘zA