English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
19 nafar mahkum jazodan muddatidan oldin ozod qilindi
13:12 / 2020-08-26

Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudi tomonidan tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtab turgan 19 nafar mahkumlar jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi.


Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudi tomonidan tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtab turgan 19 nafar mahkumlar jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi.

– Mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudi raisi B.Umarov. – Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni sud hokimiyatining tom maʼnodagi mustaqilligi va xolisligiga erishish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, jamiyatda qonuniylikni taʼminlashda muhim qadam boʻldi. Sud-huquq tizimida amalga oshiriladigan barcha ishlar zamirida xalqning yashash tarzi, qonun ustuvorligini taʼminlash, odil sudlovga erishish kabi ezgu gʻoyalar yotadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi bayrami arafasida 19 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi.