Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
19-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 5920 nafarni tashkil etmoqda 1
17:11 / 2020-06-19

9-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 (+65) nafarni tashkil etmoqda.


9-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 (+65) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 36 nafari Toshkent shahrida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan, 14 nafari aholi orasida), 12 nafari Xorazm viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.

Yurtimizda ayni shu soatgacha 74 nafar bemor sogʻayib, kasallikdan forigʻ boʻlganlar soni 4273 nafarga yetdi.

Hozirda shifokorlarimiz mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1628 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.