19 fuqaroga ajratilgan 740 million so‘m kreditni o‘zlashtirgan ta’minotchi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, “S.M.” xususiy korxonasini norasmiy boshqarib kelgan R.L. 2020-2021 yillarda juda ko‘p miqdorda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzib, 1 milliard so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Shuningdek, 19 nafar fuqaroga ajratilgan 740 million so‘m kredit evaziga ta’minotchi sifatida ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib bermasdan, o‘z ehtiyojlari uchun “Metan kompressor” uskunasini xarid qilgan. Chiroqchi tumani Yangiobod ko‘chasida 2 qavatli “Maishiy xizmat ko‘rsatish binosi”ni qurib, o‘zining nomiga rasmiylashtirgan va jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni legallashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan R.L. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA