Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin.Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shamol tezligi sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
18-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga Ural tumanlaridan sovuq havo oqimi kirib keladi.
18-20 avgust kunlari respublika bo‘ylab ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.
18 avgust kuni Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘ylab;
19-20 avgust kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 24-27 metrgacha kuchayishi mumkin.
19-20 avgust kunlari havoning kunduzgi harorati 27-32 darajagacha pasayadi.
O‘zA