French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
187 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
18:24 / 2025-10-22

Jizzax shahridagi “Sayxan” mahalla fuqarolar yig‘inida “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Unda Jizzax shahar adliya bo‘limining yuridik xizmat ko‘rsatish hamda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirok etishdi.

E’tiborli jihati shundaki, mazkur tadbir Prezidentimizning 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning salomatligi, huquqiy bilimi va ijtimoiy himoyasini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida 187 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tashxis natijalariga ko‘ra, 11 nafar fuqaroda kasallik alomatlari aniqlandi. Ularning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida zarur choralar ko‘rildi: 8 nafari viloyat shifoxonasiga, 3 nafari esa kunduzgi statsionar tartibda davolanishga yuborildi.

Maxsus e’tibor talab qiluvchi 3 nafar nogironligi bo‘lgan keksa yoshdagi va yetarli harakat imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ular nafaqat ko‘rikdan o‘tkazildi, balki kerakli dori-darmonlar bilan ham ta’minlandi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA