Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
187 million so‘m jarima to‘landi
16:26 / 2025-03-14

Buxoro viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashqi reklama vositalarini Davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga moslashtirish borasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Joriy yil mart oyida Buxoro shahrining Bahouddin Naqshband, Ibn Sino va Gazli shoh ko‘chalarida o‘tkazilgan ana shunday tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida tadbirkorlarning ixtiyoriy roziligi asosida mingga yaqin noqonuniy tashqi reklama qurilmalari joyida bartaraf etildi.

– Joriy yilning o‘tgan davrida dastlabki tushuntirish-targ‘ibot tadbirlaridan tegishli xulosa chiqarmagan 600 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi. Qonunchilik talablarini qasddan buzayotgan 29 ta tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli chora ko‘rish bo‘yicha raqobat boshqarmasiga xatlar taqdim etildi. Raqobat boshqarmasi tomonida belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkazilib, reklama qonunchiligi talablarini buzgan 29 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 19 tasi tomonidan ixtiyoriy ravishda qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi. O‘nta tadbirkorlik sub’ektlarida O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni buzilganligi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ish qo‘zg‘atildi. Natijada 187 million so‘m miqdorida jarima undirildi, – deydi viloyat hokimi maslahatchisi Akbar Rustamov.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi hamda 2023 yil 31 avgustdagi qarorlarida bino fasadida o‘rnatilgan axborot matni 1 kvadrat metr (oshxona va ishlab chiqarish korxonalarida 2 kvadrat metr) hajmidan oshmasligi lozimligi, agar ushbu hajmdan oshsa u tashqi reklama hisoblanib, buning uchun tegishli pasport olinishi hamda oylik to‘lovlar to‘lash kerakligi aytib o‘tilgan. 

Shuningdek, bino fasadidan tashqarida faoliyat turi haqida axborot beruvchi har qanday hajmdagi ustun yoki moslama reklama hisoblanib, buning uchun tegishli pasport olinishi hamda oylik to‘lovlar to‘lash lozimligi uqtirilgan. 

O‘zA muxbiri Zarif Komilov yozib oldi