Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
183 kun ichida G‘azodagi qurbonlar soni 33207 nafarga yetdi
12:02 / 2024-04-09

Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan beri qamaldagi G‘azo sektorida Isroilning davom etayotgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 33207 nafarga yetdi. Yaradorlar soni esa 75 ming 933 nafar.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida 32 falastinlik Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi, yana 47 kishi jarohat oldi.

Afsuski, halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham bino vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. 

Bayonotda aytilishicha, tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti.

O‘zA