Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
180 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi
19:15 / 2020-09-22

Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan viloyat transport boshqarmasi bilan hamkorlikda jamoat transporti faoliyati yuzasidan reyd oʻtkazildi.


Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan viloyat transport boshqarmasi bilan hamkorlikda jamoat transporti faoliyati yuzasidan reyd oʻtkazildi.

Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanayotgan transport vositalarini aniqlashga qaratilgan reydlar davomida ushbu faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanayotgan 19 haydovchi aniqlanib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

photo_2020-09-22_19-43-32.jpg

Oʻz navbatida, karantin talablaridan kelib chiqib, jamoat transportlarida belgilangan meʼyordan ortiq yoʻlovchi olmaslikni nazorat qilish maqsadida profilaktik suhbat hamda reydlar ham oʻtkazilmoqda.

Jamoat transporti haydovchilari bilan oʻtkazilgan suhbatlarda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash, yoʻl harakati qoidalariga amal qilish, karantin talablariga qatʼiy rioya qilish shartligi yana bir bor tushuntirilyapti. Jamoat trasportlari boʻyicha oʻtkazilgan reydlar davomida esa 178 ta qoidabuzarlik aniqlandi.