Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 yoshga to‘lmaganlar qanday ishlarda ishlashi taqiqlangan?
14:25 / 2023-08-22

Huquqiy munosabat

Ba’zan quruvchilik, chilangarlik yoki boshqa og‘ir va maishiy ishlarda 18 yoshga to‘lmagan o‘spirin yigit-qizlarni uchratamiz. Aslida har bir hunar va kasb uchun ma’lum bir yosh belgilanganmi? Xususan, 18 yoshga to‘lmaganlar qanday ishlarda ishlashi taqiqlangan?    

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu borada batafsil ma’lumot berdi.        

–Tegishli qaror bilan tasdiqlangan ilovaga muvofiq 18 yoshga to‘lmaganlar bir qancha ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Bulardan asosiylarini sanab o‘tamiz. Jumladan, ochiq usulda tog‘ ishlarini olib borishda va faoliyat ko‘rsatayotgan hamda yangi shaxtalardagi ishlarda, shpurlar burg‘ulovchisi, quduqlarni kapital ta’mirlash burg‘ulovchisi, vagonetkachi, havo-kanat yo‘li vagonetkachisi, portlatuvchi va portlovchi moddalarni shaxtaga olib boruvchi kabi ishlarda ishlashi mumkin emas.    

Tog‘-kimyoviy xomashyolarni qazib olish va boyintirishda mishyakni bo‘shatuvchi, quduqlarni kovlash va xizmat ko‘rsatish elektrochilangari (chilangar), lavadan himoyalanish ishlari ishchisi, quduqlar ishini rostlovchi va sulfatchi ishida ishlashi taqiqlanadi.  

Issiqlik tarmoqlarida esa xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar, issiqlik punktlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha santexnik, non ishlab chiqarishda va novvoy bo‘lib ishlash ham taqiqlanadi. Shuningdek, xamir qoruvchi, metall qoliplar va listlar polimerizatorchisi kabi sohalarda ishlashi ham qonun tomonidan rad etiladi  

Idishlarga ishlov berishda idish yuvuvchi, xususan, ishqor ishlatish orqali shisha va boshqa idishlarni, kislota va boshqa kimyoviy moddalarni yuvishda ishlashi ham taqiqlanadi.    

Qishloq xo‘jaligi sohasida esa veterinariya sanitari va yilqichi bo‘lishi qonunga muvofiq emas.    

Bundan tashqari, geologiya qidiruv va topografiya geodeziya ishlarida, metallurgiya sanoati, po‘lat quyish sanoati, prokat ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish (energetika xo‘jaligi) kabi sohalardagi belgilangan kasblarda ishlashi ham mumkin emas.    

Gulnoza Boboyeva, O‘zA