Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 yanvarda 99,94 foiz iste’molchi elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlangan
14:47 / 2024-01-19

Joriy yilning 18 yanvar kuni iste’molchilarni elektr va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlar reja asosida amalga oshirildi.

Lekin tabiat injiqliklari sabab elektr qurilmalarida 7 ta, gaz ta’minotida 3 ta nosozlik yuzaga keldi. Mazkur holat maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.  

Bunda bir sutka mobaynida yuz bergan avariyaviy o‘chishlar oqibatida jami 4 ming 300 ta iste’molchi muayyan muddat davomida elektr ta’minotisiz qoldi. Bu raqam barcha iste’molchilarning 0,056 foizini tashkil qilib, yurtimiz energetiklari 18 yanvar kuni 99,94 foiz iste’molchini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaganini ko‘rsatadi.  

Tizim tashkilotlariga iste’molchilardan elektr va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha 314 ta murojaat kelib tushdi va barchasi maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.  

Tizimdagi ishlab chiqarish va ta’minot bo‘yicha ishlar tahliliga ko‘ra,   korxonalar tomonidan 249,6 million kVt•soat, rejadagiga nisbatan 105 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Iste’molchilarga 239,1 million kVt•soat, rejadagiga nisbatan 103 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berilgan. Tabiiy gaz iste’moli 158,7 million kub metrni tashkil etgan.  

Shuningdek, mamlakatimizdagi 1 ming 278 ta “metan zapravka” orqali iste’molchilarga 12 million metr kub tabiiy gaz sotildi. Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali 600 tonna suyultirilgan gaz yo‘naltirildi. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 2 ming 44 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumotlar bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA