Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 nafar yosh sportchi respublika bosqichiga yo‘l oldi
18:48 / 2025-04-18

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga qiziqishni oshirish va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Besh tashabbus” olimpidasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat Yoshlar markazi binosida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sportning shashka turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 66 nafar ishtirokchi – 33 nafar yigit hamda 33 nafar qiz – 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifalari bo‘yicha bahslashdi.

Belgilangan tartibda o‘tkazilgan bahslarda ishtirokchilar o‘z aql-zakovati, strategiyasi va sabr-toqatini namoyon etib, yuqori sport mahoratini ko‘rsatdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra, har bir yosh toifasida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jami 18 nafar yosh shaxmatchi "Besh tashabbus" olimpidasining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

[gallery-22896]

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri