Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 nafar tibbiyot xodimlariga bir hissa oylik ish haqi toʻlanib kelingani aniqlandi
09:26 / 2020-07-17

Adliya vazirligining joylardagi adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri bu- huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish deb belgilangan.


Adliya vazirligining joylardagi adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri bu- huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish deb belgilangan.

Ushbu vazifani bajarilishini taʼminlash maqsadida Paxtaobod tumani adliya boʻlimi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi. Monitoring natijasida tibbiyot birlashmasining “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi”da Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashi oʻrtasida 2019-yil 22-fevral kuni imzolangan 2019-2021-yillarga moʻljallangan Tarmoq kelishuvi 4.16-bandiga asosan tibbiyot muassasalarning barcha xodimlariga dam olish (yakshanba) kunlari ishlaganligi yoxud smenada turganligi uchun ikki hissa miqdorida ish haqi toʻlanishi koʻrsatilgan boʻlsa-da 18 nafar tibbiyot xodimlariga shu kunlari uchun bir hissa 30105,0 ming soʻm oylik ish haqi toʻlanib kelinayotganligi aniqlagan.

Holat yuzasidan Paxtaobod tumani adliya boʻlimi tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Izboskan tumanlararo sudiga 30105.0 ming soʻm ish haqini undirish yuzasidan arizalar kiritildi. Sud tomonidan 18 ta arizalar toʻliq qanoatlantirilib Tibbiyot birlashmasi hisobidan 30105.0 ming soʻm oylik ish haqi undirish yuzasidan sud buyruqlari qabul qilindi.