18 nafar bola ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushdi
Joriy yilning 13 - 14 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Angren shahridagi 1 - sonli DMTTda 3 nafar, 10 - sonli DMTTda 14 nafar hamda 37 - sonli DMTTda bir nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgan.
Maktabgacha ta’lim agentligining ma’lum qilishicha, hozirda barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlar nazoratida.
Yakuniy ekspertiza xulosasi taqdim etilganidan keyin o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zA