English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 nafar afg‘on ayoli TDIUda ta’limni muvaffaqiyatli yakunladi
14:15 / 2025-02-21

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida afg‘on ayollari uchun kasbiy ta’lim va malaka oshirish dasturining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi Mintaqaviy loyihasining O‘zbekistondagi rahbari Ulug‘bek Kamoliddinov:

–Biz ta’lim va malaka oshirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar ustida ishlaymiz. Bu tashabbuslar mahalliy tashkilotlar va oliygohlar hamkorligida tatbiq etiladi.

Bugungi tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “2-bosqich: Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ta’lim va malaka oshirish orqali afg‘on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi. 

Tadbirda TDIU rektori To‘lqin Teshaboyev, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riyepman ishtirok etdi. Ular o‘z chiqishlarida afg‘on ayollarini qo‘llab-quvvatlash va ularni iqtisodiyotga integratsiya qilish mazkur loyihaning asosiy maqsadlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mazkur loyihaning ikkinchi bosqichida 18 nafar afg‘onistonlik xotin-qiz o‘zbek tili kurslari va asosiy fanlar bo‘yicha tayyorgarlik saboqlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu esa ularga TDIUning agronomiya va agrobiznes yo‘nalishlarida tahsil olish imkonini yaratdi. 

O‘qish davomida talabalar nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi, balki gender rivojlanishi, yetakchilik va karera o‘sishi bo‘yicha maxsus dasturlarda ishtirok etdi. Ular Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tab, o‘z bilimini yanada boyitdi. 

Shuni alohida ta’kidlashni istar edimki, xotin-qizlarning ta’lim olishi ularning ijtimoiy mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Bu esa gender tengligi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Bugungi marosim biz uchun ham ishlarimizning sarhisobi bo‘ldi. Unda biz bitiruvchilarga diplom va malakasini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirdik. 

O‘ylaymizki, bitiruvchilar loyiha doirasida orttirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab, jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topadi va katta yutuqlarga erishadi.  

O‘zA muxbiri 

Nasiba Ziyodullayeva

 yozib oldi