Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
11:00 / 2025-12-17

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18 dekabr kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda ayrim joylarda 13-18 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchayishi, tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

17-22 dekabr kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA