Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
18 aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
16:14 / 2022-04-18

Yurtdoshlarimizga sifatli xizmatlar ko‘rsatib, aholi farovonligiga xizmat qilish ham mushkul, ham mas’uliyatli kasbdir.

So‘nggi  yillarda  uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga yildan-yilga yangicha tizimlar joriy etilmoqda. Jumladan, kommunal xizmatlar bozoriga professional boshqaruvchi tashkilotlar kirib keldi. Aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari ham ko‘paydi. Yillar mobaynida aholining shirkatlarga ishonchi kamayib borgan bo‘lsa, professional boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatiga bo‘lgan munosabat kun sayin yaxshilanib bormoqda. 2021 yilda eksperiment tariqasida respublikada 15 ta boshqaruvchi tashkilotlar “ochiq tanlov” yo‘li bilan tanlandi va 1 ming 227 ta ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish uchun tegishli shartnomalar tuzilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, “og‘ir” toifadagi shirkatlarning soni 750 taga kamaydi. Bu albatta, o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda.   
 
2022-2026 yillarda 172 ta qozonxona va 482 km. uzunlikdagi  issiqlik tarmoqlarini qurish hamda 109 ta qozonxona va 543 km. uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.  
 
Ichki isitish tizimi nosozligi (tik va yotiq quvurlar) sababli issiqlik ta’minoti tizimlaridan uzilgan 5 000 ta ko‘p kvartirali uyning ichki isitish tizimini tiklash hamda 13 mingga yaqin ko‘p xonadonli uylarga tabiiy gazda ishlovchi individual, ikki konturli isitish qozonlari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan konvektorlarni o‘rnatish orqali aholining markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini 52 foizdan 66 foizga yetkazish maqsad qilingan. Qolgan 34 foiz qismi individual issiqlik tizimi bilan ta’minlanadi.  
 
Joriy yil Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 120 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismi rekonstruksiya qilindi. Xorazm viloyatida 11 ta issiqlik ta’minoti ob’ektlarda modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida 9,3 km. issiqlik tarmoqlari, 11 ta mahalliy qozonxona, 33 ta qozon, 42 ta zamonaviy nasos uskunasi qurilishi hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.  
 
Bir so‘z bilan aytganda, sohada amalga oshirilayotgan ishlar aholi uchun farovon va qulay turmush sharoitni yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.  
 
Oldinda turgan maqsad-vazifalar esa uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlaridan fidokorlikni talab etadi.     

 
 Muhtarama Komilova, O‘zA