178 milliard so‘mlik energiya tejaladi
“Issiqlikta’minoti” AJ va tizim korxonalari tomonidan joriy yil yakuniga qadar jami 212 ta loyiha doirasida qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda “Issiqlikta’minoti” AJ matbuot xizmati xabar berdi. Jumladan, 62 ta qozon, 148 kilometr issiqlik tarmoqlari qurilib, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi. Shuningdek, 278 ta uyning ichki issiqlik tizimlari tiklanadi, 386 ta individual issiqlik punkti o‘rnatiladi. Loyihalar natijasida jami 178 milliard so‘m qiymatdagi energoresurslar iqtisod qilinishi kutilmoqda.


Xususan, 80 million kub metr gaz — 145 milliard so‘m, 22,5 million kVt/soat elektr energiyasi — 23 milliard so‘m, 34 million tonna ichimlik suvi — 10 milliard so‘mlik tejamkorlikka erishiladi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA