Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
174 nafar vatandoshimiz Nyu-Yorkdan beshinchi maxsus charter reys orqali Toshkentga yetib keldi
11:40 / 2020-08-07

Kecha Toshkent vaqti bilan 22:00da (mahalliy vaqt bilan 13:00) Nyu-Yorkdan Toshkentga exufy “Uzbekistan Airways” AJ charter reysi yetib keldi.


Kecha Toshkent vaqti bilan 22:00da (mahalliy vaqt bilan 13:00) Nyu-Yorkdan Toshkentga exufy “Uzbekistan Airways” AJ charter reysi yetib keldi.

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yrkdagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan taqdim etilgan jadvalga binoan AQSH va Kanadada vaqtincha yoki doimiy yashaydigan bir guruh yurtdoshimiz beshinchi maxsus reys bilan Vatanga qaytdi.

Soʻnggi uch oy davomida koʻrilgan choralar natijasida, AQSH va Kanadadan koronavirus pandemiyasi taʼsirida qiyin vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam koʻrsatildi. 6-avgust kungi maxsus reys orqali 174 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan, 3 nafar yosh bola Toshkentga uchib ketishi taʼminlandi. Shu bilan birga, 778 nafar vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytishni jahonda epidemiologik vaziyat normallashgunga qadar ortga surdi.

Umuman olganda, iyun-avgust oylarida Amerika qitʼasidan 1 ming 200 kishi, shu jumladan 26 ta xorijiy davlat fuqarosi Oʻzbekistonga olib kelindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari Kanadadan evakuatsiya qilinishida yordam soʻrab, AQSHdagi diplomatik vakolatxonalarimizga murojaat qilgan. AQSH-Kanada chegarasi vaqtincha yopilgani munosabati bilan, konsulxona xodimlari ularni Ottava va Torontodan Istanbul (Turkiya) orqali charter reyslarda qaytadigan vatandoshlar roʻyxatiga kiritishga yordam bermoqda.

6-avgust holatiga koʻra yana 803 kishi Vatanga qaytish uchun roʻyxatga yozilgan. Respublika maxsus komissiyasining jadvaliga binoan navbatdagi parvoz 13-avgustga rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekistonning Vashingtondagi va Nyu-Yorkdagi diplomatik vakolatxonalari kelgusi oylarda Toshkentga borishni rejalashtirgan vatandoshlardan elchixona yoki Bosh konsulxonaga murojaat qilib, yoʻlovchilar roʻyxatida qayd etilishni soʻramoqda. Konsullik idoralari vakillarining aloqa maʼlumotlari diplomatik vakolatxonalarimizning veb-saytlarida mavjud.

photo_2020-08-07_11-40-43.jpg