French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 yoshli maktab o‘quvchisi otishma sodir etdi
11:39 / 2024-01-05

AQSHning Ayova shtatidagi Perri shaharchasida maktab o‘quvchisi o‘zi ta’lim olayotgan maktabda otishma sodir etdi, deb xabar bermoqda “Deutsche Welle” nashri.

Shahar politsiyasi maktabdagi otishmada bir o‘quvchi halok bo‘lgani va yana besh kishi yaralanganligini tasdiqlagan. Voqea 4 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Otishma sodir etgan o‘quvchi miltiq va kichik kalibrli to‘pponcha bilan qurollangan. Eng qizig‘i u maktabda otishma sodir etishi haqida bir kun avval o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan. 

Otishmada 6-sinf o‘quvchisi halok bo‘lgan, 4 nafar maktab o‘quvchisi va bir maktab ma’muriyati xodimi yaralangan. Yaralangan bolalardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra otishma sodir etgan o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgan. 

Politsiya maktab binosi ichida portlatilmagan qo‘lbola portlovchi qurilmani ham topgan va zararsizlantirgan. Jinoyat sabablari o‘rganilayotgani aytilmoqda.