Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 nafar yoshlarga 1 milliard 320 million so‘mlik kreditlar ajratildi
18:11 / 2019-07-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida «Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida «Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hududidagi13 mahalla va ovulfuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlarning murojaatlariga ko‘ra5 milliard 830 million so‘mlik 47 ta biznes loyihaning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Shulardan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan 17 nafar yoshlarga 1 milliard 320 million so‘mlik kreditlar ajratilgan.

- 2018 yil oktabr oyida tadbirkorlik faoliyatimni boshladim. Bunda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Taxiatosh tuman filiali xodimlari yaqindan yordam berishdi. Ushbu jamg‘arma tomonidan ajratilgan 150 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga go‘zallik saloni va tikuvchilik sexini tashkil qildim. Bu yerda 10 nafarga yaqin xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Hozirda aholidan va korxona-tashkilotlardan kelib tushgan buyurtmalar asosida kiyim-kechaklar ishlab chiqarmoqdamiz, - deydi «Odina» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Muhabbat Matyoqubova.


1.jpg

2.jpg

3.jpg

6.jpg