Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 mingga yaqin xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan
11:47 / 2022-12-14

Ayni kunlarda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh a’zolari ishtirokida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Unga ko‘ra, dekabr oyining o‘tgan 12 kunida 192 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlariga chek qo‘yildi.     

Ushbu noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 10,2 milliard so‘mni va gaz hajmi 10,2 million metr kubni tashkil etgan.    

Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, ushbu hajmdagi tabiiy gaz o‘rtacha 17 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning kuz-qish mavsumida bir oylik iste’molini tashkil qiladi.    

Noqonuniy foydalanish holatlari asosan Navoiy viloyatida (2,4 mlrd. so‘m), Jizzaxda (2 mlrd. so‘m), Buxoroda (0,9 mlrd. so‘m), Qashqadaryoda (0,267. mlrd so‘m), Toshkent viloyatida (0,8 mlrd. so‘m) va Toshkent shahrida (0,165 mlrd. so‘m) aniqlangan.    

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.    

 

O‘zA