1,7 milliard so‘mlik tovarlarga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi
Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga turli nayranglarni qo‘llagan holda yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan yuk konteynerida keltirilgan “issiqxona tarkibiy qismlari” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaatsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 1 milliard 708 million so‘mlik tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklartura kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tovarlarga salkam 100 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblanib, tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati.