Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1,7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi
16:01 / 2024-02-07

Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Hududiy birlashmaga 2023 yil davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 369 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 368 tasi, ya’ni 99,3 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 1 milliard 751 million so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. 

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 7 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida qariyb 188,5 million so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga undirildi. 

Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar tahliliga ko‘ra, ularning aksariyati savdo, gaz va elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar, xizmat ko‘rsatish sohalarga to‘g‘ri keladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri