Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 may sanasi bilan bog‘liq muhim voqealar
07:43 / 2022-05-17

1947 yil 17 mayda O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavallud topdi (vafoti 2018 yil).

Halima Xudoyberdiyeva dastlabki she’riy to‘plamlaridanoq ayol va ona obrazlarining sehrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning to‘laqonli va faol a’zolari, balki shu jamiyatning ko‘rki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi.

1999 yil 17 mayda Toshkent–Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shu kuni Samarqand vokzaliga birinchi elektropoyezd kirib keldi. Jizzaxdan Samarqandgacha bo‘lgan 113 kilometrlik yo‘lni elektrlashtirish tufayli yiliga 500 tonna yonilg‘ini tejash imkonini berdi.

2006 yil 17 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni sog‘lomlashtirish va protezlash milliy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zA