O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 17-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi, sel kelishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zA