Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 davlat rahbari G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi
16:50 / 2022-11-04

O‘n yettita davlat rahbari Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, deb xabar tarqatdi Blumberg agentligi Indoneziya tashqi ishlar vazirligi vakili Teuku Fayzashoh bergan ma’lumotga tayanib.

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Fayzashoh Indoneziya yana uchta davlat rahbaridan javob kutayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, xavfsizlik nuqtai-nazaridan mezbon mamlakat sammitga kelishini tasdiqlagan davlat rahbarlarining nomini oshkor qilmaydi.

Mamlakat tashqi ishlar vakilining qo‘shimcha qilishicha, Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo ularning ismini tadbir boshlanish kuni yaqinlashganda e’lon qilishi mumkin.

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi.