Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
17 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
12:26 / 2025-04-16

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 17 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.   

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.   

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo  o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.   

Qashqadaryo viloyatida  havo o‘zgarib turadi,  yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.   

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.   

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,  vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.   

Muhim hodisalar   

16-18 aprel kunlari respublikamizning  tog‘oldi va tog‘li tumanlarida  sel kelishi xavfi bor.  

 O‘zA