Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
16,4 milliard so‘mlik xaridlarda qonunbuzilish aniqlandi
12:41 / 2026-02-25

Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan monitoring va murojaatlar tahlili natijasida jami 16,4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahridagi qator davlat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan xarid jarayonlarida raqobat qoidalari buzilgani ma’lum bo‘ldi. Ayrim holatlarda eng yaxshi takliflarni tanlash jarayonlarida raqobatni cheklovchi harakatlarga yo‘l qo‘yilgan.

Eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atildi va tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, davlat xaridlarida qonun ustuvorligini ta’minlash nafaqat byudjet mablag‘larining samarali sarflanishiga, balki tadbirkorlar uchun adolatli va ochiq raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.  

Nigora Rahmonova, O‘zA